Kuzbassda taygada adashib qolgan erkakni topish operasiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Andrey Ilyushin bir hafta davomida suvsiz, ovqatsiz qolib, yovvoyi o‘rmon ichida adashib qoldi. Uning ayiqlarga em bo‘lishiga ham bir bahya qoldi. Andrey taygadan chiqishga harakat qilib, battar ichkarilab ketgan. Andrey Ilyushin uyidan bir necha kilometr uzoqlikda buzilib qolgan motosiklini olib kelish uchun borgan. Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida so‘qmoq yo‘llar yuvilib ketib, Andrey adashib qoldi. U ikki sutka davomida yo‘l topolmagach, ukasiga qo‘ng‘iroq qildi. Taygada kechasi havo harorati 5 daraja iliq bo‘ladi.
Andrey sivilizasiyaga etish uchun 40 kilometr yo‘l bosdi. Ayiq bilan bo‘lgan uchrashuv yigit uchun katta sinov bo‘ldi. Yirtqich changalidan uni iti qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi. Andreyning qo‘lidagi petardadan biri nam tortib qolgani uchun yonmadi, ikkinchisi yongach, u bilan ayiqni qo‘rqitdi. Yigit ayiqdan qo‘rqqanidan daraxt ustida o‘tirdi. Kechalari esa gulxan yoqdi. Tong otishi bilan esa o‘rmondan chiqish uchun yo‘lga otlandi.
Andreyni topish uchun vertolyot va uchuvchisiz uchadigan samolyot jalb etildi. Andrey vertolyot shovqinini eshitib, olov yoqdi, ammo tutun yuqoriga ko‘tarilmagani bois, uni sezishmadi. Shunday qilib, Andrey bir hafta davomida taygadan chiqolmay, qolib ketdi. Yigitni qidirib topishganda, uning ochlikdan va suvsizlikdan sillasi quriganiga qaramay, aqli-hushi joyida edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Uchta raqamga adashgan ayol yutuq o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘pligini eshitib yig‘lab yubordi