09:31 / 07.07.2017
6 636

Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi kuch ishlatishni rejalashtirmoqda…

Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi kuch ishlatishni rejalashtirmoqda…
Kuni kecha Shimoliy Koreyada navbatdagi ballistik raketaning sinovdan o‘tkazilishi va bu sinov muvaffaqiyatli kechgani Amerika hukumatini sarosimaga solib qo‘ydi. Tramp endi bu mamlakatga harobiy kuch ishlatish haqida bosh qotira boshladi. Ammo Kongressdagilar biroz shoshmaslikni maslahat berishmoqda. Ular oldin yangi sanksiyalar qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiqligini bayon qilishdi. Shu haqda Amerikaning Birlashgan millatlar tashkilotidagi vakilasi Nikki Xeyli rasman xabar berdi. U yaqinda Rossiya tarafi Pxenyanga nisbatan diplomatiya usullari qo‘llanishi ma’qulroq ekanini bayon etgani haqida fikr yuritib, Kremlni tanqid ostiga oldi.

— Shimoliy Koreyaning qaltis harakatlari, — dedi Xeyli. — Diplomatik munosabatlar yuritish uchun ochiq yo‘llarni yopib tashlamoqda. AQSh o‘zini va ittifoqdoshlarini himoya qilish uchun etarlicha qudratga ega. Shunday ekan, diplomatiya haqida o‘ylashning ham hojati qolmayapti. Agar Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechmasa, raketalar sinoviga barham bermasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari bu davlatga qarshi harbiy kuch ishlatishga majbur bo‘ladi…

Ammo Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Xeylining fikrlariga qo‘shilmasligini bayon qildi.
— Shimoliy Koreyani faqat tinchlik yo‘li bilan to‘xtatish lozim, — dedi u. — Men bu haqda Donald Trampga ham albatta aytaman. Qurol ishlatish bilan hozirgi davrda maqsadga erishib bo‘lmaydi…

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya va Xitoy rahbarlari Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini tanqid ostiga olib, bu harakatlar to‘xtatilishini talab qildi. Shu bilan birga Amerika va Janubiy Koreyani birgalikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni bas qilishga chaqirdi. Afsuski, Pentagon bu o‘quv mashg‘ulotlari hech qachon to‘xtatilmasligini ochiqchasiga bayon qildi.

Ha, haqiqatan, 5 iyulda, ya’ni, Shimoliy Koreya ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan kun Amerika va Janubiy Koreya harbiy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida raketalar hujumlari mashqini amalga oshirishdi. Mashqlarda Sharqiy sohilga yaqin hududda «ATACMS (Army Tactical Missile System)» tezkor-taktik-raketa jamlanmalari, Janubiy Koreyaga tegishli «Hyunmoo» raketalaridan foydalanildi.
Xeyli yana shuni alohida ta’kidlab o‘tdiki, Amerika Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiya tayyorlab qo‘ydi. Tramp esa agar Rossiya va Xitoy bu harakatlarni yoqlab chiqmasa, Amerika o‘zi tanlagan yo‘ldan borishini ma’lum qildi.

— Sanksiyalar asosan neft masalasida ishlab chiqilgan, — dedi Xeyli. — Biz Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturlar uchun sotib olinadigan neft yo‘llarini yopib qo‘yamiz. Havo va dengizdagi harakatlarini cheklaymiz. Shimoliy Koreyaning yuqori lavozimli shaxslarini jinoiy javobgarlikka tortamiz.

Ekspertlar ham shu masalada o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashmoqda. Ularning aytishicha, Shimoliy Koreyaning muvaffaqiyatli tarzda qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgani Amerika va bu davlat ittifoqdoshlarining paytavasiga qurt tushirdi. To‘g‘ri, Amerika Shimoliy Koreyani hujumlar bilan qo‘rqitishga urinmoqda. Ammo bir narsani hisobga olmayapti. Shimoliy Koreya ixtiyorida San-Fransiskogacha eta oladigan raketalar bor. Bu raketa Amerikani ittifoqdoshlardan mahrum etish imkoniga ega. Bu yadro quroli. Amerika esa bunday qudratga ega emas. Pentagondagilar ham bu haqiqatni tan olishgan. Amerikaning ixtiyorida faqat himoya quroli sifatida raketalarni urib tushirishga mo‘ljallangan uskunalar mavjud. Ular ham faqat bitta raketani urib tushira oladi xolos.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi kuch ishlatishni rejalashtirmoqda…