11 iyulda Erga xavfli asteroid yaqinlashadi

  • 07 iyul 2017, 22:44
  • 6 035
  • Dunyo
  • 11 iyulda Erga xavfli asteroid yaqinlashadi
    Joriy yilning 11 iyul kuni Erga xavfli asteroid yaqinlashishi kutilmoqda. 2017 MS4 asteroidi 23 iyun kuni kashf qilingan edi.

    Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kosmik jismning o‘lchami 260 metrga teng. Asteroid xavfli turga kiritilgan.

    Asteroidning Erga maksimal yaqinligi Oygacha bo‘lgan masofaning kamida 20 baravar ortganiga teng, deb aytilmoqda.

    Ural federal universitetining Astronomiya, geodeziya va atrof-muhit monitoringi kafedrasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, kosmik jism tezligi soatiga 74 ming 700 km.ni tashkil etadi.

    Shu kunlarda NASA asteroiddan himoya qiluvchi yangi DART texnologiyasini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi. U Erga uchib keladigan asteroidlarni kinetik zarba yordamida boshqa tarafga burib yuborishga mo‘ljallangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 11 iyulda Erga xavfli asteroid yaqinlashadi