09:15 / 08.07.2017
3 876

Trampga Hamburgdagi mehmonxonalardan joy tegmadi

Trampga Hamburgdagi mehmonxonalardan joy tegmadi
AQSh Davlat departamenti xodimlari mamlakat prezidenti Donald Tramp uchun 7–8 iyul kuni G20 sammiti o‘tadigan Hamburg shahrida mehmonxona buyurtma qilishga ulgurmadi. Bu haqda Buzzfeed portali o‘z manbasiga asoslangan holda xabar berganligini Kun.uz malum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Tramp ma’muriyat vakillari bilan birga Four Seasons mehmonxonasida to‘xtamoqchi edi, ammo bu mehmonxona Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan band qilib bo‘lingani aniqlandi. Bu vaqtda esa shaharda AQSh prezidenti to‘xtashi mumkin bo‘lgan lyuks toifadagi barcha mehmonxonalarda bo‘sh joy qolmagandi.

Shundan so‘ng, Tramp avvaliga Berlinga borib, poytaxtagi mehmonxonalardan birida qolish va Hamburgga vertolyotda borishni rejalashtiradi.

Lekin keyinchalik, Trampni Hamburgdagi hukumat uyida qabul qilishgan, uning jamoasi esa AQSh konsulxonasida joylashishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga Hamburgdagi mehmonxonalardan joy tegmadi