16:04 / 08.07.2017
6 101

Gamburgda taglik kiygan Donald Trampning haykali o‘rnatildi

Gamburgda taglik kiygan Donald Trampning haykali o‘rnatildi
G20 davlatlari rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sammit manzili bo‘lgan Gamburgda Greenpeace faollari AQSh prezidenti Donald Trampning chaqaloq ko‘rinishidagi haykalini o‘rnatishdi. Haykal Parij kelishuvini buzayotgan holatni aks ettirgan. Bu haqda Greenpeace saytida xabar chop etilganligini Qalampir.uz ma’lum qildi.

Donald Trampning 7 metrlik haykali Elba daryosi ustiga o‘rnatildi. Bu joy G20 etakchilari uchun konsert o‘tkazilgan filarmoniya binosi qarshisida. Haykal ko‘rinishi taglik kiygan hamda yig‘layotgan chaqaloq ko‘rinishida bo‘lib, bu aksiya AQShning Parij kelishuvidan chiqishiga qarshi namoyish sifatida o‘tkazildi.

Greenpeace faollari “G20’ning boshqa etakchilari Donald Trampning qachon ulg‘ayishini kutishmoqda”, deb izoh berishdi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp iyun oyi boshida AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gamburgda taglik kiygan Donald Trampning haykali o‘rnatildi