08:06 / 09.07.2017
4 530

Erdo‘g‘an Amnesty International’ni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

Erdo‘g‘an Amnesty International’ni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Amnesty International huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotni mamlakatda yangi davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun tayyorlanayotganlikda aybladi.

Ilgariroq Amnesty International o‘zining Turkiya bo‘yicha direktori Idil Eser va o‘tgan payshanbada Istanbul yaqinidagi Qizil orollarda qo‘lga olingan tashkilotning boshqa faollarini hibsdan ozod qilishni talab qilib chiqqan edi.

Hamburgda o‘tgan G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z olgan jurnalistlardan biri 1997 yilda o‘sha paytdagi Turkiya hukumati Erdo‘g‘anni to‘rt oyga hibsga olganida Amnesty International unga yordam berganini eslatib, huquqni himoya qiluvchi tashkilotning qo‘lga olingan faollarini himoya qilishga chaqirgan.

«Meni she’r o‘qiganim uchun ushlab, qamoqqa tashlashgan. Ularni nega ushlashgan, hibsga olishmagan, hozircha ushlashgan, bilasizmi? Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ular Buyukada orolida joylashgan mehmonxonada davlat to‘ntarishini davom ettirishni muhokama qilish uchun to‘planishgan. Shu sababli polisiyamiz ularni ushlagan. Endi ularning ishini sud ko‘rib chiqadi, tergov natijasida nimalar aniqlanishini hozircha men bilmayman», — degan Erdo‘g‘an.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Amnesty International’ni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi