Checheniston rahbari Ramzon Qodirov IIVning respublika bo‘yicha bo‘linmalari rahbariyati va qo‘mondonlari bilan yig‘ilish chog‘ida G‘arb davlatlarini axborot urushida aybladi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Ishonchim komilki, Checheniston va uning xalqiga qarshi aniq yo‘naltirilgan, yaxshi to‘langan axborot va mafkuraviy kurash olib borilmoqda. Biz, terrorchilar va ekstremistlar bilan jang qilish qiyin, deb o‘ylaganmiz. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, o‘z dushmaningni ko‘rsang, jang qilish osonroq ekan. Yaxshi inson niqobi ostidagilarning hujumini qaytarish esa biroz murakkabroq», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Evropa va boshqa davlatlarga Chechenistonda sog‘lom hayot tarzi ilgari surilayotgani, shuningdek, rasmiy Grozniy «yoshlarni o‘z hayotini din va milliy manfaatlarga asoslangan holda qurishga» chaqirishi yoqmaydi.
«Ular bizning xalq hech qachon qaddini tik tutmasligini xohlaydi», - deya xulosa qilgan Checheniston rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi