15:13 / 18.07.2017
6 152

AQSh Fors ko‘rfazida lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi

AQSh Fors ko‘rfazida lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi
AQSh HDK harbiylari Fors ko‘rfazida LaWS (Laser Weapons System) lazer quroli tizimini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Telekanalning bildirishicha, bu «AQSh HDK va dunyodagi birinchi faol lazer qurolidir».

«Biz shamol, masofa, umuman, hech narsa haqida tashvish qilmaymiz. Biz yorug‘lik tezligida aniq nishonga olishimiz mumkin», - deya ma’lum qildi leytenant Keyl Xyuz.

Ta’kidlanishicha, LaWS tezligi qit’alararo ballistik raketa tezligidan 50 barobarga ko‘pdir.

AQSh HDK lazer qurolini sinovdan o‘tkazishda nishon sifatida drondan foydalangan. Natijada uchuvchisiz uchar qurilma yonayotgan qanot bilan dengizga qulagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Fors ko‘rfazida lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi