07:19 / 19.07.2017
6 575

Amerikalik jurnalist Putinni «jang san’atlari qallobi» deb atadi va uni jangga chaqirdi

Amerikalik jurnalist Putinni «jang san’atlari qallobi» deb atadi va uni jangga chaqirdi
AQShning milliy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan Lawfare blogi muharrir Benjamin Uitts Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jang san’atlaridagi muvaffaqiyatlari firibgarlik ekanligi ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda «The Washington Post»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Uittsning so‘zlariga qaraganda, Putin faqat soxta janglarda engib chiqqan, Rossiya etakchisining raqiblari unga ataylab yiqilib bergan. Jurnalist Putinning raqiblari uning zarbalaridan so‘ng juda oson yiqilishiga urg‘u berdi.

«U faqat o‘z hukmi ostidagi odamlar bilan kurashadi, ulardan bari yiqilib beradi», — ta’kidladi Uitts.

Lawfare muharriri Putinni jangga chaqirdi.

Uitts txekvondo va aykido bo‘yicha qora belbog‘i sohibidir. O‘z navbatida, Putin txekvondo bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, shuningdek, u dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik jurnalist Putinni «jang san’atlari qallobi» deb atadi va uni jangga chaqirdi