08:10 / 20.07.2017
5 516

Rossiyada yashin urgan trolleybus haydovchisi 15 yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi

Rossiyada yashin urgan trolleybus haydovchisi 15 yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi
Rossiyaning Yaroslavl shahrida yashin urgan trolleybusning haydovchisi — 25 yoshli Anna ismli qiz yong‘in oldini olishga muvaffaq bo‘ldi va 15 yo‘lovchiga salondan chiqib ketishda yordam berdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Voqea 15 iyul kuni yuz bergan, ammo hodisa tafsilotlari endi ma’lum bo‘ldi. Yaroslavl meriyasi xabariga ko‘ra, yashin kontakt tarmog‘iga kelib urgan, kuchlanish keskin o‘zgarib, haydovchi kabinasi yonib ketgan.

«Kabinada tutun paydo bo‘ldi. Oyog‘im bilan tormoz pedalini bosdim. Eshikni ochadigan tugmalarni esa faqat qo‘lim bilan paypaslab topa oldim. Trolleybusni o‘chirdim. Salonda o‘t o‘chirgichni olishdi. Shundan keyingina oyog‘imga nimadir bo‘lganini payqadim», — dedi o‘sha kuni trolleybusni boshqargan Anna.

Natijada qizning oyog‘i qattiq kuydi, hozirda u kasallik tufayli ishdan ta’til olgan. Yo‘lovchilar orasida hech kimga shikast etmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yashin urgan trolleybus haydovchisi 15 yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi