21:33 / 20.07.2017
5 464

Kuvayt Eron elchisiga mamlakatni tark etish uchun 48 kun muhlat berdi

Kuvayt Eron elchisiga mamlakatni tark etish uchun 48 kun muhlat berdi
Kuvayt hukumati Eron elchisiga mamlakatni tark etish uchun 48 kun muhlat berdi. Bu haqda Reyter agentligi Eronning ISNA agentligiga asosan xabar berdi.

Avvalroq Kuvayt hukumati eronlik 15 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish, harbiy attashe va madaniyat ishlari bo‘yicha attashe apparatini yopishga farmoyish bergani xabar qilingandi.

"Kuvayt Eronning mamlakatdagi elchisi Alirizo Enayotiyga mamlakatni 48 kun ichida tark etishi lozimligini ma’lum qildi", - deya ISNA agentligi ma’lumotlaridan iqtibos keltiradi Reyter.

Xabarlarga ko‘ra, Kuvayt hukumatining bunday qarori “Saudiya Arabistonining aralashuvi siyosati bosimi bilan bog‘liq”.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuvayt Eron elchisiga mamlakatni tark etish uchun 48 kun muhlat berdi