21 yoshli, tug‘ma bir qo‘li va oyoqlari bo‘lmagan bodibildingchi yigit sport zaldagi 70 kilogrammli avtomobil pokrishkasini ko‘targani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Nik Santonastasso juda kam uchraydigan, tug‘ma Xanxart sindromi bilan tug‘ilgan. Bu kasallik qo‘l-oyoqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday tashxis bilan tug‘ilgan bolalarning 30 foizigina yashab keta oladi. Ammo mazkur kasallik Nikning sport bilan shug‘ullanishiga va bodibildingchi bo‘lib etishishiga xalaqit qilmadi. Xanxart sindromi bilan tug‘ilgan 12 nafar odamning 8 nafari hozirgi kunda vafot etgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, yigit anchadan beri jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. U ilgarilari “yuruvchi o‘lik” uslubidagi dahshatli prankilarda suratga tushgan.
Bugunga kelib, umidsizlikka tushmaydigan yigit bodibilding bilan muntazam ravishda shug‘ullanmoqda. U odamlarni qo‘rqitib, turli videoroliklarda suratga tushganligini, endi esa foydali ish bilan shug‘ullanishni niyat qilganligini bildirdi. Nik fitnes-model bo‘lishni maqsad qilganligi uchun turli asosli mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. U jismoniy nuqsonlariga qaramay, sirayam kayfiyatini tushirmaydi, tushkunlikka tushmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi