18:44 / 24.07.2017
7 856

Avstraliyalik talaba qiz bir asrdan buyon okean qa’riga yashiringan 2 tonnali baliqni topdi (Video)

Avstraliyalik talaba qiz bir asrdan buyon okean qa’riga yashiringan 2 tonnali baliqni topdi (Video)
Avstraliyaning Perte shahridagi Merdok universiteti talabasi Marianna Negard suyakli baliqlar turiga mansub dunyoda eng og‘ir — xudvinker quyoshli balig‘ini topdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Hind va Tinch okeanidagi quyoshli baliqlar genetikasini o‘rgangan qiz baliqning yangi turini topdi. Tadqiqot uchun uch yil vaqt sarflandi. Mazkur ikki tonnali baliqlar tarkidunyochilikni xush ko‘rib, aksariyat vaqtlarini yolg‘izlikda o‘tkazishi aniqlandi. Quyoshli baliqlar okeanning odam oyog‘i etmas, o‘rganish qiyin bo‘lgan hududlarida yashaydi.

Ularning quyoshli baliqlar deb atalishiga, mazkur baliqlarning ovqat izlab, okean tubiga tushishlari va quyoshda isinish uchun yuqoriga ko‘tarilishlari sabab bo‘lgan. Olimlar 130 yildan beri quyoshli baliqlar (xudvinkerlar)ni uchrata olmayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik talaba qiz bir asrdan buyon okean qa’riga yashiringan 2 tonnali baliqni topdi (Video)