19:03 / 24.07.2017
6 833

Atambaev Asqar Akaev va Bakiyevni hech qachon kechira olmaydi. U o‘z so‘zlarini izohladi

Atambaev Asqar Akaev va Bakievni hech qachon kechira olmaydi. U o‘z so‘zlarini izohladi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev sobiq prezident Asqar Akaevni hech qachon kechira olmasligini ma’lum qildi. U jurnalistlar bilan suhbatda shu haqda aytib o‘tgan.

An’anaviy matbuot anjumanida Almazbek Atambaevga sobiq davlat rahbarlarini kechirishni taklif qilishgan. Ammo davlat rahbari qancha yil o‘tsada, kechirib bo‘lmaydigan kishilar bo‘lishini aytib o‘tgan.

«Sobiq prezident Asqar Akaevni kechirishimni so‘rashadi. Ammo bunday odamlarni qanday qilib kechirish mumkin?! Bizda 100 tonna oltin bor edi, bu pullarga filmlarni moliyalashtirishimiz, madaniyat va san’atni taraqqiy ettirishimiz mumkin edi. Bizda neft yo‘q edi, gaz yo‘q edi, lekin oltinlar bor edi. U esa bu oltinlarni eb to‘ymas qarindoshlariga topshirdi. Xalq och qolganida qanday qilib bunday qilish mumkin? Biz «Kumtor»ning 67 foiziga ega edik, endi faqat 16 foizlik ulush qoldi. Shaxsan men Akaevni hech qachon kechirmayman», — degan u .

Almazbek Atambaev sobiq rahbarlarning boshqa ishlarini ham eslagan. Xususan, gap Akaev va Bakiev Jeruy oltin konlarini (Talos vodiysi, Qirg‘iziston shimolida) boyliklarini sotishga bo‘lgan harakati haqida ketgan.

«Ikki marta lisenziyani 300 somdan sotishgan. Bakievlar keyinchalik buning uchun Berezovskiyning odamlaridan yaxshigina pul olishgan. Biz esa yakunda 100 million dollarga sotdik. Bunday kishilarni qanday kechirish mumkin? Bu pullar xalq uchun kerak edi. Qanday qilib bunday yaramas kishilarni kechirish mumkin? Hech qachon kechirmayman ularni! Balki mendan keyin keladigan kimdir kechirar, men kechirmayman», —degan Almazbek Atambaev.

U shuningdek parlament Asqar Akaev va Kurmanbek Bakiev davrida «Kumtor» ishiga aloqador bo‘lganlarni mamlakatga qaytarib kelishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llamaganini eslatib o‘tgan.

«Qonun loyihasiga ko‘ra, ular qaytib, o‘zlarini bu kelishuvlarni imzolashga kimlar majburlaganini aytib berishi va tinchgina ishlashda davom etishi mumkin edi. Bular yosh va aqlli yigitla edi, ularning taqdiri Akaev va Bakiev tufayli o‘zgarib ketdi. Parlament esa bu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Ular o‘z imkoniyatlaridan foydalanishdi. Bilmayman, parlamentda toza odam bormi o‘zi?…» — deya xafalik bilan davom etgan prezident.

Prezident Bakievning kichik ukasi Janish Bakiev haqida gapirgan.

«Janish Bakievni amnistiya qilish kerakmi? Bizda uni ushlab, jazosini beradigan MOSSAD darajasidagi razvedka xizmati yo‘qligi taassuflidir. U 7 aprelga qadar va undan keyin ham qanchadan-qancha odamlarni o‘ldirdi, qiynadi, yuz millionlab mablag‘larni o‘g‘irladi!», degan Atambaev.

U shuningdek, Qirg‘izistonda Maksim Bakievni jazolash uchun imkon bo‘lgani haqida gapirgan.

«Men barcha sirlarni oshkor eta olmayman. Ammo o‘ylaymanki, biz masalaga echim topamiz. Menimcha u (M.Bakiev) o‘sha erda ham (Buyuk Britaniyada) jazolanishga munosib, uning jinoyatlari juda ulkan», degan Atambaev.

Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Akaev va Bakiev mamlakatda ro‘y bergan ikki inqilob, 2005 yil martida va 2010 yil aprelida ro‘y bergan voqealardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan. Akaev ayni vaqtda oilasi bilan Moskvada istiqomat qilmoqda, Bakiev - Minskda. Belarus bir necha marta Bishkekning sobiq prezident va uning qarindoshlarini topshirish bo‘yicha so‘rovlarini rad etgan, bu shaxslar Qirg‘izistonda og‘ir jinoyatlarda ayblangan va ularga sirtdan umrbod qamoq hukmi chiqarilgan. Bakievning kichik o‘g‘li Maksim esa iqtisodiy jinoyatlarda ayblanadi, ammo Buyuk Britaniya Qirg‘izistonning uni topshirish bo‘yicha talablarini rad qilib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambaev Asqar Akaev va Bakiyevni hech qachon kechira olmaydi. U o‘z so‘zlarini izohladi