08:19 / 25.07.2017
6 960

Tramp chizgan surat sotuvga qo‘yildi

Tramp chizgan surat sotuvga qo‘yildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tomondan 2005 yilda chizilgan surat sotuvga qo‘yildi. Nate D. Sanders auksion uyi ushbu "san’at asari"ning boshlang‘ich narxini 9 ming dollarga baholagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Auksion uyi saytida ta’kidlanishicha, Tramp suratni xayriya tadbiri uchun chizgan.

"Bu juda noyob surat, bunday suratlardan bor-yo‘g‘i bir nechta borligi ma’lum", deb ma’lum qilingan lot haqida.

Tramp 29,5x22,8 sm o‘lchamdagi oq qog‘ozda Nyu-York gorizontini tasvirlagan. E’tiborlisi, u surat markazida "Tramp minorasi"ni gavdalantirgan. Tramp suratni qora marker bilan chizgan, imzoni esa tillarang markerda qo‘ygan.

Surat 27 iyulda o‘tadigan auksionga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp chizgan surat sotuvga qo‘yildi