15:31 / 25.07.2017
7 348

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati O‘zbekistonning 52 tonna mahsulotini kiritmadi

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati O‘zbekistonning 52 tonna mahsulotini kiritmadi
Rossiyaning qishloq xo‘jaligi nazoratini amalga oshiruvchi davlat organi – Rosselxoznadzor O‘zbekistondan Rossiyaga olib borilayotgan 52 tonna nektarin, o‘rik, shaftoli, nok, uzum va olxo‘rini mamlakatga kiritmadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Rosselxoznadzor ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda etishtirilgan qovun, shaftoli, olma, boshpiyoz, kartoshka, karam kabi jami 204 tonna bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek, jami vazni 0,95 tonna bo‘lgan Qirg‘izistondan olib kirilayotgan guruch yormasi, tozalangan grek yong‘oqi, sarimsoqpiyoz Rosselxoznadzorning Novosibirsk viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Mahsulotlar avtomobil transporti orqali Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalari orqali Sibir hududi shaharlariga olib borilayotgan vaqtda «Karasuk» punktida ko‘zdan kechirilgan.

Karantin-fitosanitar nazorati chog‘ida aniqlanishicha, karantinga tushishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar qadoqlarda belgilangan tartibdagi belgilar a ma’lumotlar qo‘yilmagan holda olib ketilayotgani aniqlangan. Rossiya hududidagi joriy qonunchilikka ko‘ra, bu kabi mahsulotlarning nomi, uning kelib chiqish mamlakati, eksport yoki qayta eksport qiluvchi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan tartibda qadoqlarda qayd etilgan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, Qirg‘iziston yormalari, yong‘oq va sarimsoqpiyozida, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xashaklarida ularning xavfsizligini tasdiqlaydigan fitosanitar hujjatlar bo‘lmagan.

Xalqaro karantin qonunchiligiga binoan barcha mahsulotlarning Rossiyaga olib kirilishi taqiqlandi. Ularning barchasi Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi etkazib beruvchilarga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati O‘zbekistonning 52 tonna mahsulotini kiritmadi