22:13 / 25.07.2017
6 629

Ispaniyada tennis koptokchasi hajmida do‘l yog‘di

Ispaniyada tennis koptokchasi hajmida do‘l yog‘di
Ispaniyaning sharqiy qsmida joylashgan Teruel provinsiyasida tennis koptokchasi hajmida do‘l yog‘di, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

15 daqiqa davomida ko‘chalar do‘l bilan bilan qoplandi. Koptokcha hajmidagi do‘l uylarning tomlarini, mashina oynalarini, qahvaxona soyabonlarini osonlik bilan teshib o‘tdi. Do‘l shiddat bilan boshlanganiga qaramay, kutilmaganda birdan to‘xtadi.

Kattalar tabiiy ofat etkazgan zararni hisoblayotgan bir paytda o‘smirlar do‘l bilan o‘ynashga harakat qildi. Chunki ular qishda ham bunday muz parchalarini ko‘rish imkoniyatiga ega emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada tennis koptokchasi hajmida do‘l yog‘di