Hindistonning Gujarat shtatida muttasil davom etayotgan suv toshqini keltiryotgan zarar tufayli qurbon bo‘lgan mahalliy fuqarolarning soni 600 nafarga etdi.
Avvalroq, ushbu ko‘rsatkich 230 kishini tashkil etayotgandi, ammo to‘xtamasdan yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir yana ko‘pchilikning hayotiga zomin bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston bo‘ylab suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 kishiga etdi. 226 ming kishi esa lagerlarga joylashtirilgan. 63 mingga yaqin uylar buzilib, 280 ming ekin er maydonlari kuchli yomg‘irdan jiddiy talofat ko‘rgan. Mamlakatning turli hududlarida suv toshqinlari davom etmoqda.
Hindiston meterologiya boshqarmasining xabariga ko‘ra, 2016 yil 1,6 ming nafar fuqaro ob-havoning og‘ir kelishi va tabiiy ofatlar natijasida halok bo‘lgan. 700 ga yaqin kishi aprel-iyun oyidagi kuchli issiqqa dosh bera olmasdan vafot etgan. 415 nafarga yaqin qishi esa chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi