10:02 / 29.07.2017
7 588

AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambaev

AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambaev
Amerika Davlat Departamenti O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan urushishga undagan, deb bayonot qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.
Qirg‘iziston prezidenti "Manas" Markaziy issiqlik yo‘li yopilgach, Amerikaning Qirg‘izistonga nisbatan siyosati qay tarzda o‘zgarganiga e’tibor qaratgan.

Demokratlar davrida AQSh Davlat departamenti yuritgan siyosatga hech qanday iliqlik his qilmaganman, deb aytgan Atambaev.
Atambaevning so‘zlariga ko‘ra, Amerika aviabazasi yopilishi oldidan dunyoning ko‘pgina etakchilari uni Eron shu bazaga zarba berishi va oqibatda qirg‘izistonliklar jabr ko‘rishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

"Esingizdami, rahmatli Islom Abdug‘anievich 2014-yilda mintaqada suv uchun urush ro‘y berishi mumkinligi haqida gapirgandi? Natijada o‘sha yilning so‘ngida O‘zbekiston har biri million dollarlik 328 dona bronlangan mashinalarni oldi. O‘shanda men: "Sizlar demokratiya tarafdorlari ekansizlar, nega u holda bu mashinalarni bizlarga bermadingiz degan edim", — deb hikoya qilgan Atambaev.
Amerika demokratiyasining narxi shu, deb qayd etgan gapi oxirida Qirg‘iziston prezidenti.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambaev