10:10 / 30.07.2017
9 101

Shveysariyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi

Shveysariyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi
Shveysariyaning Vale kantonida uzunligi deyarli 500 metr keladigan piyodalar uchun mo‘ljallangan osma ko‘prik ochildi. Bu ko‘prik dunyo rekordini yangilab, dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigiga aylandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ko‘prik qurilishi homiylaridan biri sharafiga Charlz Kuonen deb nomlangan ko‘prik er sirtidan 80 metr balandlikdan o‘tib, Grexen va Sermatt aholi punktlarini bog‘laydi. Uning uzunligi 494 metrni, eni esa 65 sm ni tashkil qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘prik qurilishiga 730 ming shveysar franki (750 ming dollar) sarflangan. Ko‘prikdan piyodalar 29 iyuldan foydalana boshlaganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariyada dunyodagi eng uzun piyodalar osma ko‘prigi ochildi