10:38 / 31.07.2017
6 622

Video: Hindistonda 1,5 tonna geroin olib ketayotgan kema ushlandi

Video: Hindistonda 1,5 tonna geroin olib ketayotgan kema ushlandi
Hindiston harbiy-dengiz kuchlari 1 ming 500 kg atrofidagi geroin moddasini olib ketayotgan kemani ushladi. Uning qora bozordagi qiymati 545 mln AQSh dollariga teng, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Hindiston harbiy-dengizchilari tomonidan ushlangan kema Panama bayrog‘i ostida MV Henry nomi bilan faoliyat yuritgan. Hindiston sohil qo‘riqlash xizmati bosh direktori o‘rinbosari S.Parameshning aytishicha, u Gujarat shtati Porbandar shahri yaqinida qo‘lga olingan. Kema Dubaydan Gujaratdagi Alang shahriga suzayotgan bo‘lgan.

Videoda MV Henry ekipaji a’zolarining qo‘lga olingani va geroin qoplarining kemada yoyib qo‘yilganini ko‘rish mumkin. Ekipaj a’zolarining barchasi hindistonlik ekani aytilmoqda. Ularga nisbatan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Video: Hindistonda 1,5 tonna geroin olib ketayotgan kema ushlandi