14:38 / 02.08.2017
6 573

Ben Ladenning o‘g‘li otasining izidan ketishga qaror qildi

Ben Ladenning o‘g‘li otasining izidan ketishga qaror qildi
Dunyoning birinchi raqamli terrorchisi bo‘lgan marhum Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamza Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi tahdid qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Terrorchining 28 yoshli o‘g‘li Arabiston qirollik oilasidan qasd olishga qasamyod qildi. Xamza ben-Laden Pokistonda istiqomat qiladi, deb taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videoroliklarda Hamza ben-Laden marhum Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Rahmon Al-Saudiyni britaniya josusi, deb atadi, Saudiya Arabistoni fuqarolarini esa isyon ko‘tarishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, saudiyaliklar Usmon xalifatiga qarshi chiqib, “islomga xiyonat qilgan”. Hamza ben-Laden bir necha marotaba odamlarni Vashingtonda, Londonda va Parijda terrorchilik hujumini uyushtirishga chaqirdi. FQR bergan ma’lumotga ko‘ra, Hamza bolaligidan boshlab, “Al-qoida”ning yuzi hisoblanib kelgan.

“Terrorchilarning tarafdorlari uchun ben Ladenning o‘g‘li juda nufuzli shaxslardan biri hisoblanadi”, deb xabar berdi Amerika maxsus xizmati xodimlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ben Ladenning o‘g‘li otasining izidan ketishga qaror qildi