21:36 / 02.08.2017
5 980

Turkmaniston prezidenti generallarga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini namoyish etdi

Turkmaniston prezidenti generallarga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini namoyish etdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat qurolli kuchlarining generallariga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini shaxsan o‘zi namoyish etdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Ashxobod yaqinidagi bo‘lib o‘tgan harbiy mashqlarda Prezidentning mazkur harakatni amalga oshirgani aks etgan video “Turkmaniston xronikasi” nashriga joylashtirildi.

Videoda Berdimuhammedovning poligonga jipda kelgani, keyin avtomat va to‘pponchadan o‘q otgani, pichoq irg‘itgani aks etgan. Mazkur voqeani tomosha qilgan yuqori mansabli zobitlar prezidentni chapak chalib olqishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti generallarga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini namoyish etdi