08:49 / 05.08.2017
5 742

Boeing Dreamliner osmonda o‘z aksini "chizdi"

Boeing Dreamliner osmonda o‘z aksini "chizdi"
AQSh osmoni uzra o‘z aksini "chizgan" Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyotining bu parvozidan maqsad Rolls Royce kompaniyasining yangi dvigatelini sinovdan o‘tkazish bo‘lgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

3 avgustda Boeing kompaniyasi Boeing 787 Dreamliner shaklini qaytaruvchi yo‘nalish bo‘yicha bu modeldagi samolyot parvozini tashkillashtirdi.

Ma’lum qilinishicha, sinov parvozi Boeing va Rolls Royce kompaniyalariga "regulyatorlarga samolyot bir dvigatelda xavfsiz uzoq masofaga parvozlarni amalga oshira olishini isbotlash"ga ijozat berdi. Parvozning umumiy davomiyligi 18 soatni tashkil qilgan.

Boeing’ning rasmiy saytida aytilishicha, samolyot yo‘nalishi 22 shtat orqali o‘tgan. "787 Dreamliner modeli tashuvchilarga ko‘proq uzoq masofalarga mo‘ljallangan reyslarni amalga oshirishga imkon berish uchun yaratilgan", deb aytilgan xabarda.

Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli, ikki dvigatelli yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, Boeing Commercial Airplanes kompaniyasi tomondan yaratilgan. U 250-300 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, Dreamliner avvalgi modellardan tejamkorroqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boeing Dreamliner osmonda o‘z aksini "chizdi"