Janubiy va Shimoliy Koreya yangi muzokaralarni boshlash arafasida turibdi

  • 05 avgust 2017, 23:34
  • 4 430
  • Dunyo
  • Janubiy va Shimoliy Koreya yangi muzokaralarni boshlash arafasida turibdi
    Janubiy Koreya rasmiylari shu hafta mintaqaviy uchrashuv davomida shimolliklar bilan muzokaralarni o‘tkazishi mumkinligini bildirdi. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va, imkon tug‘ildi, deguncha Pxenyandagi hamkasbi bilan suhbatlashib olishini ta’kidlagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

    BMT Xavfsizlik Kengashi ham shanba kuni Shimoliy Koreyaga nisbatan yangilangan sanksiyalarni e’lon qilishi kutilmoqda. Bu shimoldagilarning yangi qurollarni sinab ko‘rishiga javob, deya ta’riflanmoqda. Shu hafta Manila shahrida o‘tkaziladigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining (ASEAN) navbatdagi yig‘ilishida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham ishtirok etishi rejalashtirilgan, asosiy masala Shimoliy Koreyaning yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishi bo‘ladi.

    Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh vakillari tomonidan yangi BMT sanksiyalarining loyihasi ishlab chiqilgan. Eslatib o‘tamiz, rasmiy Pxenyan iyul oyining o‘zida ikki marotaba qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgan edi.

    » » Janubiy va Shimoliy Koreya yangi muzokaralarni boshlash arafasida turibdi