00:02 / 06.08.2017
7 091

Italiyada noma’lum shaxs model qizni o‘g‘irlab kimoshdi savdosiga qo‘ydi...

Italiyada noma’lum shaxs model qizni o‘g‘irlab kimoshdi savdosiga qo‘ydi...
O‘g‘ri va qaroqchi asli polshalik ekani aniqlangan. Ammo ismi-sharifi haqida ma’lumot tarqatilmayapti. U Italiyaning Milan shahrida angliyalik model qizni oldin giyohvand modda yordamida uxlatib qo‘ygan-u, katta sumkaga joylab o‘z manziliga olib borgan va keyin kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Model qizning boshlang‘ich bahosini 300 ming evro miqdorida belgilagan.

Qiz Milanga fotosessiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgandi. Aytishlaricha, qizni u internetdagi yashirin tarzda faoliyat yurituvchi tizim orqali kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Shu ko‘yi qiz bir hafta davomida qaroqchilar qo‘lida saqlandi. Agenti shovqin ko‘targachgina qiz yo‘qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Qaroqchi oradan bir hafta o‘tgach, model qiz ikki farzandning onasi ekanini aniqlagan. Bolali ayolni sotish esa uning prinsiplariga to‘g‘ri kelmaskan. Shuning uchun qizni yana sumkaga solib Milandagi Angliya vakolatxonasi binosiga olib kelgan. Polisiyachilar ayni shu erda qaroqchini qo‘lga olishdi. U jinoyatini to‘liq bo‘yniga oldi.

Ba’zi taxminlarga ko‘ra, qizni o‘g‘irlagan shaxs Italiyadagi «Qora ajal» jinoiy guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu guruh ayollarni o‘g‘irlab sotish bilan shug‘ullanadi. Sotib olingan ayollar, qizlar esa qullikka mahkum etiladi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada noma’lum shaxs model qizni o‘g‘irlab kimoshdi savdosiga qo‘ydi...