Tojikistonda hijobda yurgan ayollar jarimaga tortiladi…

  • 06 avgust 2017, 06:32
  • 4 451
  • Dunyo
  • Tojikistonda hijobda yurgan ayollar jarimaga tortiladi…
    Shu masalada Tojikiston huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari alohida reydlar tashkil etishgan. Ular bozorlarda, odam ko‘p to‘planadigan joylarda qizlar va ayollar orasida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Agar hijobli ayol yoshidan qat’i nazar hijobda yurgan payt qo‘lga tushsa, jami 114 dollar miqdoridagi jarimaga tortiladi.

    Ammo Dushanbeda istiqomat qiluvchi ayollarning gapiga qaraganda, huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari hech qanday tushuntirish ishlari olib borishmagan, aksincha jarimaga tortish bilan po‘pisa qila boshlashgan. Ular hatto keksa kampirlarni ham to‘xtatib, jarima to‘lashga mahkum etishmoqda.

    Respublikadagi oila masalalari bo‘yicha qo‘mita mutasaddilari esa bularning barchasini inkor etishdi. Hijob masalasida hech qanday jarima belgilanmaganini, shunchaki tushuntirish ishlari olib borilayotganini ta’kidlashdi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Tojikistonda hijobda yurgan ayollar jarimaga tortiladi…