00:53 / 06.08.2017
7 114

Lotereyada 68 mln dollar yutgan britaniyalik erkak yutug‘ini olib ketmadi

Lotereyada 68 mln dollar yutgan britaniyalik erkak yutug‘ini olib ketmadi
EuroMillions lotereyasida 51,7 million funt sterling (68 million dollar) yutgan Buyuk Britaniya fuqarosi lotereya natijalari chiqqanidan so‘ng bir hafta o‘tib ham yutug‘ini olib ketmadi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Britaniya milliy lotereyasi tashkilotchilari 28 iyul kuni EuroMillions’da ishtirok etgan barchani chiptalarini tekshirishni so‘radi.

Aytilishicha, yutuq egasi boyligiga ko‘ra britaniyalik pop-ijrochi Ed Shiran va uelslik futbolchi Garet Beyl bilan tenglashadi.

Jekpot miqdori bo‘yicha joriy yilda Buyuk Britaniyada o‘ynalgan yutuqlar ichida to‘rtinchisidir.

Iyul oyida Buyuk Britaniyaning boshqa bir fuqarosi EuroMillions’da 87 million funt sterling (115 million dollar) yutgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lotereyada 68 mln dollar yutgan britaniyalik erkak yutug‘ini olib ketmadi