09:07 / 07.08.2017
5 746

Italiyada poezd relslardan chiqib ketdi

Italiyada poezd relslardan chiqib ketdi
Italiyaning Trentino-Alto-Adije viloyatida ko‘chki va toshqinlar oqibatida tezyurar poezd relslardan chiqib ketdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri. Temir yo‘lning ba’zi hududlari katta miqdordagi tuproq ostida qolib ketgan.

Poezdda 200 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hammasi evakuasiya qilingan. 80 nafar yo‘lovchiga vagonlardan chiqishlarida yordam kerak bo‘lgan. Hech kim jabr ko‘rmagan.

Qutqaruv operasiyasiga favqulodda xizmatlarning 200 nafar xodimi jalb qilingan.

Ta’kidlanishicha, ko‘chki Italiyaning shimoli-g‘arbiga momaqaldiroq fronti olib kelgan kuchli yomg‘ir va do‘l oqibatida kelib chiqqan. Endi bu front qurg‘oqchilik va anomal issiq havo hukm surayotgan mamlakatning janubi tomon harakatlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada poezd relslardan chiqib ketdi