16:03 / 07.08.2017
9 074

Meksikada osmono‘par bino tomidan rossiyalik 17 yoshli “o‘rgimchak odam” tushirildi (Video)

Meksikada osmono‘par bino tomidan rossiyalik 17 yoshli “o‘rgimchak odam” tushirildi (Video)
Meksika poytaxtida osmono‘par bino tomidan rossiyalik 17 yoshli “o‘rgimchak odam” tushirildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

17 yoshli ekstremalning na himoya vositasi, na asbob-uskunasi bo‘lgan. Faqatgina ikki kishi uning yuqoriga ko‘tarilishiga yordam bergan. U balandlikka ko‘tarilgach, muammo tug‘ildi. Rossiyalik “o‘rgimchak odam”ni polisiya ushladi.

Ygit bino tomiga ko‘tarilish uchun uch metrlik devordan oshib o‘tgan.

U jamoatchilik xavfsizligini ta’minlovchi vazirlik xodimlari tomonidan vertolyot yordamida bino tomidan tushirildi.

Ayni paytda “o‘rgimchak odam” uning mamlakatga qonuniy ravishda kelganini tekshiruvchi Milliy migrasiya institutida saqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada osmono‘par bino tomidan rossiyalik 17 yoshli “o‘rgimchak odam” tushirildi (Video)