11:00 / 08.08.2017
6 297

Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, Moskva KXDR bo‘yicha siyosiy jarayonning tiklanishiga muqobil variant yo‘q, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

«Bizning fikrcha, siyosiy jarayonni tiklash, xususan, olti tomonlama muzokaralar bo‘yicha muqobil variant yo‘q. Rossiya va Xitoy kerakli takliflarni kiritdi. Biz ularni Nyu-York hamda boshqa maydonchalarda ilgari suramiz», - dedi Lavrov.

Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, Rossiya shimoliy koreyalik qo‘shnilar bilan muloqotni davom ettiradi.

Avvalroq Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining yangi sanksiyalarini qoralab chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi