17:33 / 08.08.2017
6 119

AQShda 16 yildan so‘ng, 11 sentyabr voqealari qurbonining shaxsi aniqlandi

AQShda 16 yildan so‘ng, 11 sentyabr voqealari qurbonining shaxsi aniqlandi
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng 16 yil o‘tgach, AQShda terakt qurbonidan birining shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Uning kimligi DNK tahlili yordamida aniqlangan. Qurbonning ismi-sharifi oila a’zolarining iltimosiga binoan e’lon qilinmayapti.

Xabar qilinishicha, 2015 yildan buyon ilk marotaba 9/11 terakti qurbonining shaxsi aniqlanmoqda.

2001 yil 11 sentyabrida "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining xudkush a’zolari AQShda 4 ta yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ulardan ikkitasini Nyu Yorkdagi Jahon savdo markazi majmuasining egizak binolariga, yana ikkitasini Pentagon va ehtimollarga ko‘ra, Oq uy yoki Kapitoliyga yo‘naltirishgan. Samolyotlarning 3tasi nishonga etgan. To‘rtinchisi Pensilvaniyadagi Shanksvill shahri yaqiniga qulabtushgan. 11 sentyabr voqealarida 2974 kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi bedarak yo‘qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 16 yildan so‘ng, 11 sentyabr voqealari qurbonining shaxsi aniqlandi