18:31 / 08.08.2017
6 092

2 million dollar pora olganlikda ayblangan sobiq vazirning sudi boshlandi

2 million dollar pora olganlikda ayblangan sobiq vazirning sudi boshlandi
2016 yil oxirlarida Rossiya Federasiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukaev prezident Vladimir Putin tomonidan ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi. Ulyukaev 2017 yil 15 yanvargacha uy qamog‘ida edi.

8 avgust kuni Rossiya OAVlarida Aleksey Ulyukaev ishi bo‘yicha sud eshituvi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Sobiq Iqtisodiy taraqqiyot vaziri eshituvdan avval jurnalistlarga aybdor emasligini ta’kidlagan.

Sobiq vazir 2 million dollar miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda. Aleksey Ulyukaev “Rosneft” kompaniyasinng “Bashneft” aksiyalarini sotib olishga sharoit yaratib berish maqsadida pora olganligi aytilmoqda.

Rossiyaning tergov qo‘mitasi guvohlarning ko‘rsatmalari, audio va videoyozuvlar, barmoq izlariga tayangan holda aybni tasdiqlayapti.

Aytish kerakki, Aleksey Ulyukaevning ishi uzoq muddat davomida tergov qilinmoqda. Jinoyat ishi 2016 yil 15 noyabrda ochilgan, yarim yildan so‘ng dastlabki tergov yakunlandi. Shundan so‘ng, material Bosh prokuraturaga yuborildi. Bosh prokuratura 3 kun ichida tergov ishini sudda ko‘rib chiqish uchun hech qanday to‘siq yo‘q ekanligini ma’lum qildi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2 million dollar pora olganlikda ayblangan sobiq vazirning sudi boshlandi