10:04 / 09.08.2017
4 806

Karakas aeroportida noma’lum kimsalar o‘t ochdi

Karakas aeroportida noma’lum kimsalar o‘t ochdi
8 avgust, seshanba kuni Venesuela poytaxti Karakasga xizmat ko‘rsadigan Mayketiya aeroportida yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi yaralandi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Hujumda advokat Kelvin Alvarado qurbon bo‘ldi. U ro‘yxatga olish peshtaxtasi yonida o‘ldirildi, uning yaqinida turgan aviakompaniya xodimi jarohatlandi. Huquqshunos Dominika Respublikasidan etib kelgan va Suliya shtatidagi Marakaybo shahriga otlangan. Hujum qilgan shaxslar jinoyat joyidan qochib ketdi.

Venesuelada zo‘ravonlik so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajada avjiga chiqib ketdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatda qasddan o‘ldirish darajasi 100 ming kishiga 70 ta holatni tashkil qildi. 21,75 ming kishi zo‘ravonlik qurbonlariga aylandi, ularning 12 mingdan ortig‘i 15—30 yoshda bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karakas aeroportida noma’lum kimsalar o‘t ochdi