5 354
Joriy yilda Xabarovsk aeroportida O‘zbekistondan olib kirilishi taqiqlangan 440 kg meva yo‘q qilindi
O‘tgan haftada Rossiyaning Xabarovsk aeroportida O‘zbekistondan borgan fuqarolarning yuklari «Rosselxoznadzor«ning Xabarovsk o‘lkasidagi xodimlari tomondan tekshirilishi natijasida noqonuniy olib kelingan 102 kilogramm o‘smlik mahsulotlari borligi aniqlangan va yo‘q qilingan. Bu haqda «Amurpress»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«2012 yilda «Rosselxoznadzor» tomonidan bir qator o‘smlik mahsulotlari yo‘lovchilarning qo‘l yuki va yuklarida Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistondan Rossiyaga olib kirilishi taqiqlanganiga qaramasdan, «Rosselxoznadzor»ning Xabarovskdagi karantin bo‘yicha mutaxassislari tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilardan o‘smlik mahsulotlarini olish davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
«Toshkent — Xabarovsk» reysida uchib borgan yo‘lovchiladan 2017 yilning boshidan buyon hammasi bo‘lib olib kirilishi taqiqlangan 440 kilogramm o‘smlik mahsulotlari olib qo‘yilgan. Rossiya hududida karantinli ob’ektlarning tarqalishi oldini olish maqsadida olib qo‘yilgan o‘smlik mahsulotlari o‘tish punktlarida yo‘q qilingan.
Hammasi bo‘lib Xabarovsk hududiga o‘smlik mahsulotlarini olib kirishga urinish bo‘yicha 32 ta noqonuniy holat aniqlangan. Ularda mayiz, yong‘oqlar, olmalar, shaftolilar, qovunlar, turshak, quruq mevalar olib qo‘yilgan va yo‘q qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?