NASA olimlari avvallari OAV tomonidan "oxir zamon darakchisi" deya ta’rif berilgan Nibiru yoki "X sayyora" mavjudligi rasman tasdiqlangan hisobotni chop etishdi, deb xabar qiladi Kun nashri.
Hisobotda ta’kidlanishicha, darhaqiqat, sirli "X sayyora" majud. Uning Quyoshgacha bo‘lgan masofasi Neptunning yulduzga nisbatan joylashuvidan 20 karra ko‘p. Bu gipotetik kosmik jism Erdan 10 karra og‘ir massaga ega bo‘lishi mumkin. Astronomlar "X sayyora" 10-20 ming yilda yulduz atrofida to‘liq aylanib chiqadi, deya taxmin qilishmoqda.
Sayyora borligiga ishora qiluvchi dalillar Kaliforniya texnologiya instituti mutaxassislari tomonidan aniqlangan. NASA'ning sayyoralar bo‘limi rahbari Jim Grin shaxsan unga olim sifatida yangi sayyoraning mavjudligi ehtimoli juda qiziq ekanini aytgan.
Bugunga kelib, bunday sayyoraning mavjudligiga ishora qiluvchi barcha ta’kidlovlar kuzatuvlarning cheklangan ma’lumotlariga asoslangan nazariy modellar hisoblanadi. Shunga qaramay, tadqiqot ajoyib natijalar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jarayonning boshlanishi hisoblanadi, deyiladi NASA saytida.
Ta’kidlash joizki, "X sayyora" Erga hech qanday tahdid solmaydi - u ba’zi OAVlar yozganidek bizning sayyoramizga yaqinlashayotgani yo‘q.
O‘tgan yili ayrim matbuot vakillari mustaqil ekspertlarga tayanib, 2017 yilda Er Nibiru bilan to‘qnashib, yo‘q bo‘lishi haqida yozishgan edi. Biroq keyin "X sayyora" mavjudligiga doir ma’lumotlar olimlar tomonidan inkor etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi