23:02 / 10.08.2017
6 267

Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi

Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi
Qatar hukumati 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi va ularga mamlakatga kelishlari bilan viza berish imkonini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida Qatarning rasmiy turistik portali Visit Qatar’da xabar berildi.

Birinchi ro‘yxatga Fransiya, Germaniya, Italiya, Gresiya, Turkiya kabi 33 mamlakat fuqarolari kiritilgan. Ular Qatarga kelishi bilan 180 kunga viza olishi mumkin deb ma’lum qildi Kun.uz nashri.

Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlar kiruvchi 47 mamlakat fuqarolariga esa 30 kunlik viza beriladi. Mazkur viza yana 30 kunga cho‘zilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun viza talablarini soddalashtirdi