13:17 / 12.08.2017
6 028

Pekin aeroportida mingdan ortiq reys bekor qilindi

Pekin aeroportida mingdan ortiq reys bekor qilindi
Pekinning Shoudu xalqaro aeroportida shanba kuni 1256 reys momalqaldiroq tufayli bekor qilindi, 449 tasi kechiktirildi. Bundan aeroport onlayn-tablosining mahalliy vaqt bilan soat 14:30 (Toshkent vaqti bilan soat 11:30)dagi ma’lumotlari darak bermoqda.

Ushbu hodisa asosan ichki reyslarga aloqador ekani aytilmoqda.

Pekinda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq juma kuni kechqurun boshlandi. Iqlimshunoslarning ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy poytaxtida so‘nggi 12 soat ichida 20 millimetrlik yomg‘ir kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pekin aeroportida mingdan ortiq reys bekor qilindi