07:33 / 13.08.2017
6 366

Pokistonda yuz bergan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda yuz bergan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning janubi-g‘arbiy viloyati Belujistonning poytaxti hisoblanmush Kvetta shahrida 12 avgust kechki vaqt portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, kamida 32 kishi yaralangan. Bu haqda viloyat ichki ishlar vaziri Sarfaraz Buttiga iqtibos keltirgan holda Kun nashri xabar berdi.

Vazirning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida ham polisiyachilar, ham fuqarolar bor.

Guvohlarning ta’kidlashicha, portlash xavfsizlik kuchlari avtomobili yonida sodir bo‘lgan. Portlash sabablari hozircha noma’lum. Portlash sababli shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda yuz bergan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi