Egypt Air kompaniyasining yo‘lovchi layneri yakshanba kuni Qohira xalqaro aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga sabab sifatida italiyalik yo‘lovchiga favqulodda tibbiy yordam zarur bo‘lgani ko‘rsatilgan. Bu haqida Misr poytaxti aeroporti ma’muriyati vakili xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahridan Neapolga yo‘l olayotgan paytda yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgan. Italiyalik sayyohning qon bosimi keskin ko‘tarilib, burni qonagan. Qonni samolyot bortidagi preparatlar bilan to‘xatishning iloji bo‘lmagan. Ekipaj komandiri Qohira aeroportining parvozlar boshqaruvi punktidan yo‘lovchi hayotini saqlab qolish uchun majburiy qo‘nishni amalga oshirishga ruxsat so‘ragan.
Samolyot qo‘nishi bilan aeroportning tibbiy xodimlar brigadasi italiyalik kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatgan. O‘zini yaxshi his qila boshlagach, shifokorlar unga sayohatni davom ettirishga izn berishgan. Oxir-oqibat, layner Sharm ash-Shayx-Neapol reysini 1,5 soatga kechikib amalga oshirgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?