14:06 / 14.08.2017
5 569

Nepalda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi

Nepalda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi
Nepalda yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 66 kishiga etdi, yana 35 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

"Hozirgi paytga kelib 66 kishi halok bo‘ldi. Yana 35 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda", - deya ma’lum qilgan mamlakat IIV qoshidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha markaz vakili.

Nepalning bir necha tumanlarida kuchli yomg‘irlar juma, 11 avgust kuni ertalab kuzatildi. Polisiya, askarlar va mahalliy aholi vakillari uylarning tomida qolib ketgan kishilarga yordam ko‘rsatishdi. Mahalliy hukumat o‘z uyini tark etganlar uchun vaqtinchalik boshpanalarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepalda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi