19:31 / 17.08.2017
9 946

Dubayning eng yosh “millioner”i qanday yashaydi?

Dubayning eng yosh “millioner”i qanday yashaydi?
15 yoshli Rashid Belxas Dubayning eng boy o‘smirlaridan hisoblanadi. Uni otasi – qurilish magnati Saif Ahmad Belxas ta’minlaydi.

Rashid juda katta uyda yashaydi, uning bir nechta qimmatbaho mashinalari, samolyoti, hayvonot bog‘i va o‘z biznesi bor. Dunyo yulduzlari Rashid bilan uchrashish uchun avvaldan kelishuv tuzadilar.

Rashidning Instagram’dagi shaxsiy sahifasi ham ommalashib, 700 ming atrofida obunachilari bor. Uning fotoarxivida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Merayya Keri, Mark Entoni, Niki Minaj, Dj Khaled kabi mashhurlar bilan tushgan selfi-suratlari bor.

Rashid krossovkalar kolleksiyasi bilan shug‘ullanadi. U 200 ming juft krossovka jamlagan. Kolleksiyasidagi eng qimmat oyoq kiyimi 8 ming dollarga tushgan.

Rashidning biznesi ham krossovkalar savdosi bilan bog‘liq. Uning maqsadi maktabni bitirgach, biznes bo‘yicha ta’lim olish va Yaqin Sharqdagi eng yosh tadbirkorga aylanish.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayning eng yosh “millioner”i qanday yashaydi?