02:32 / 18.08.2017
5 645

Barselonadagi terakt gumondorlari qo‘lga olindi

Barselonadagi terakt gumondorlari qo‘lga olindi
Barselonadagi teraktni sodir etganlikda gumon qilinayotgan Dris Ukabir qo‘lga olindi. Bu haqda «El Periodico»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Shuningdek La Vanguardia gazetasi ham Ukabir va teraktga aloqador yana bir kishining qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.

Bundan avval Barselonada yashil chiroqda yo‘lning yo‘lovchilar harakatlanadigan joyidan o‘tayotganlar ustiga furgon bostirib kelgani, keyinroq furgonni ijaraga olgan kishining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Hudud polisiya tomonidan o‘rab olingan, transportlar harakati to‘xtatilgan. Polisiya voqeani terakt deb atagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni - kamida 13 kishi, yana ko‘plab kishilar jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselonadagi terakt gumondorlari qo‘lga olindi