15:42 / 20.08.2017
5 374

Hindistondagi yirik temir yo‘l falokati nima sababdan yuz bergani aytildi

Hindistondagi yirik temir yo‘l falokati nima sababdan yuz bergani aytildi
Hindistonda 19 avgust kuni poezdning relslardan chiqib ketishi holati bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Ta’kidlanishicha, bu mamlakatda bir yilda yuz bergan to‘rtinchi shunday fojiali hodisadir. Hindistonda temir yo‘l sohasida sarmoyalarning etishmovchiligi va vagonlarning kishilar bilan to‘lib-toshib ketishi sabab ravishda muammolar paydo bo‘ladi.

Temir yo‘l kompaniyasi vakilining xabar qilishicha, falokatning aniq sababi hozircha aniqlanmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birdaniga 13 vagon relslardan chiqib ketgan. Ayni paytga kelib qutqaruv amaliyoti yakuniga etdi.

Surishtiruv ishlari doirasida birinchi bo‘lib poezd mashinisti so‘roq qilinadi.

Uttar-Pradesh shtati hukumatidagi yuqori mansabli amaldor Arvind Kumarning Hindustan Times’ga ma’lum qilishicha, falokat mashinist tormoz olishni ishga tushirganidan so‘ng yuz bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilgani, biroq tegishli belgilar o‘rnatilmagani sabab qabul qilingan.

Avvalroq Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga etgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistondagi yirik temir yo‘l falokati nima sababdan yuz bergani aytildi