22:28 / 20.08.2017
6 795

Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi

Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi
Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi. Bir qator hind OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mushtlashuv 5 kun avval Himoloyda yuz bergan.

Times of India nashri manbalariga ko‘ra, hind askarlari 15 avgust ertalab yuz bergan janjal vaqtida xitoylik askarlarning Hindiston hududiga kirishga urinishiga to‘sqinlik qilganlar. Xabarda aytilishcha, mushtlashuv tomonlar mojarolarni tartibga solish qoidasiga ko‘ra bayroqlarni ko‘tarib, avvalgi pozisiyalariga qaytganlaridan keyin yakun topgan.

Ushbu holat bo‘yicha na hind va na Xitoy tomondan rasmiy izohlar berildi. Voqea Hindiston mustaqilligining 70 yilligi kunida xitoylik harbiylar Bangong ko‘li sohili bo‘ylab Hindistonning Ladakx degan hududiga o‘tmoqchi bo‘lganda yuz bergan.

130 km uzunlikka ega Bangong ko‘lining yarmi Hindistonda, yarmi Xitoy Tibetida joylashgan. Ikki tomon ushbu hudud xususida bahs olib boradi va ikki davlat hududini faqatgina nazorat chizig‘i ajratib turadi.



Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi