23:12 / 20.08.2017
5 126

Hindistonda suv toshqinlari tufayli 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi…

Hindistonda suv toshqinlari tufayli 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi…
Hindiston sharqida joylashgan Bixar shtatida kuchli yomg‘ir daryolar suv sathi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Oqibatda bu shtatning o‘zida 400 dan ziyod odam halok bo‘lgan. 12 millionga yaqin odam suv toshqinlari iskanjasida qolgan.

Bundan tashqari, toshqin Assam, G‘arbiy Bengaliya va Uttar-Pradesh shtatlariga ham sezilarli darajada ziyon keltirdi. Qurbonlar bor.
Bixarda qutqaruv va favqulodda vaziyatlar vazirligining 28 ta otryadi ish olib bormoqda. Jami 1765 ta dala oshxonasi tashkil etilgan.

Oshxonalar toshqindan zarar ko‘rgan jami 350 mingga yaqin odamga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tish mumkin bo‘lmagan hududlarga havodan turib oziq-ovqat mahsulotlari tashlanmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir haftaning ichida 3 mingdan ortiq qishloq suv ostida qolgan.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda suv toshqinlari tufayli 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi…