03:45 / 21.08.2017
6 424

Qrimda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari yashin urib o‘ldi

Qrimda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari yashin urib o‘ldi
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Igor Lanskoy Qrimning Sudak shahrida yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Voqea 18 avgust kuni ro‘y berdi, lekin amaldorning halok bo‘lgani haqida faqat 20 avgust kuni ma’lum qilindi.

18 avgust kechki soatlarida shaharda kuchli shamol bo‘lgan. O‘sha payti Genuya qal’asidagi Qiz minorasida turgan amaldor mobil telefonini olib, qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Shu lahzada uni yashin urgan.

Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar Lanskoyning o‘limini qayd qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari yashin urib o‘ldi