21:39 / 22.08.2017
6 167

Putindan keyin Kreml kimga qoladi?

Putindan keyin Kreml kimga qoladi?
Peterburg siyosati" jamg‘armasi mutaxassislari Rossiya Prezidentiga “voris” bo‘lish ehtimoli katta bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan 19 kishining familiyasi o‘rin olgan.

Nomzodlar jamiyatdagi o‘rni, taniqliligi, faolligi va omma orasida o‘zini qanday tutishiga qarab tanlab olingan. O‘z navbatida ro‘yxatdagi 20-o‘rin bo‘sh qoldirilgan. Bu mutaxassislar taxminlaridan tashqari, ya’ni umuman kutilmagan nomzod bo‘lishi ham mumkin.

Demak, ro‘yxatning birinchi pog‘onasini 21 ball bilan Bosh vazir Dmitriy Medvedev egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Moskva shahar meri Sergey Sobyanin, Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin qayd etilgan. 4-o‘rinni 17 ball bilan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikni Federasiya Kengashi raisi Valentina Matvienko yakunlab bergan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa 2018 yilgi saylovlarda ishtirok etish yoki etmasligi haqida aniq bir qarorga kelmaganligini ma’lum qilgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putindan keyin Kreml kimga qoladi?