22:46 / 22.08.2017
6 099

«Alibaba» va 1,3 millard dollar: Jek Maning boyligi bir kunda keskin oshdi

«Alibaba» va 1,3 millard dollar: Jek Maning boyligi bir kunda keskin oshdi
«Alibaba» kompaniyasi asoschisi hamda ijrochi direktori Jek Maning davlati bir kunda 1,3 milliard dollarga ortdi, deb xabar berdi Forbes.

Bu kompaniyaning birinchi chorak bo‘yicha hisobotni e’lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foizga oshgan. Ushbu natijalar tahlilchilar kutganidan ham yuqori bo‘lib chiqdi, kompaniya aksiyalari 10 foizdan ortiqroqqa ko‘tarildi. Maning davlatini yarmidan ortig‘ini «Alibaba» aksiyalari tashkil etgani sabab kotirovkalarning ko‘tarilishi uning boyligini keskin ortishiga olib keldi.

Bundan tashqari, ikkinchi chorak davomida bulutli servislardan keladigan daromadlar deyarli ikki barobarga ortib 360 million dollarni tashkil etdi. Daromadning o‘sishiga «Alibaba»ning pullik internet-servislar va internet-infratuzilmalaridan foydalanuvchi mijozlarning umumiy sonini 75 foizga ortishi bilan tushuntirildi. Bu haqida Daryo.uz ma’lumot berdi.

Forbes Real Time reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Jek Maning boyligi 37,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Xitoydagi eng badavlat odam hisoblanib, reytingda 2-pog‘onani egallagan «Tencent Holdings» raisi Ma Xuatengni 900 million dollarga «ortda qoldirmoqda».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Alibaba» va 1,3 millard dollar: Jek Maning boyligi bir kunda keskin oshdi