23:03 / 23.08.2017
6 594

Tailandda yosh kelin dengizda oqib ketdi

Tailandda yosh kelin dengizda oqib ketdi
Tailand sharqiy sohillarida yog‘ochdan bunyod etilgan uy dengizga qulab tushdi. Hodisa Chonbkuri viloyatidagi Sattaxip qishlog‘ida yuz berdi.

Fojea oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Rasmiylarning so‘zlariga qaraganda, erta tongda kuchli shamol uyni dengizga oqizib ketgan. Bu vaqtda to‘rt kishidan iborat oila a’zolari uyquda edi, deya xabar beradi O`zbekiston24.uz.

Oilaning kelini sohilga chiqa olmadi va uy bilan dengizga oqib ketdi. Qo‘shnilarning yordami bilan qirg‘oqqa olib chiqilgan kelinning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda yosh kelin dengizda oqib ketdi